Tuman hokimi tadbirkor murojaatini joyiga borib o‘rgandi






O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov bugun o‘z qabulida bo‘lgan tadbirkor Alimardon Kimsanovning murojaatiga asosan u rahbarlik qilayotgan oilaviy korxona faoliyati bilan tanishdi. Konizar mavzesida joylashgan “Al hilol halol” oilaviy korxonasi parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Qayd etilishicha, ayni korxonada 10 ming bosh parrandani boqish quvvati mavjud bo‘lib, ayni kunlarda bu yerda 6 ming 500 ta parranda go‘sht ishlab chiqarish uchun parvarishlanmoqda. Korxonada mavsumiy ishchilar bilan hisoblaganda 8 nafar yurtdoshlarimizning bandligi ta’minlangan. Korxona rahbari mazkur faoliyatni kengaytirmoqchiligi, aholiga parranda go‘shti yetkazib berish salmog‘ini oshirmoqchi ekanligini ma’lum qilib, istiqbolli loyihalari haqida tuman hokimini tanishtirdi. Albatta, bunda esa bank krediti olishga zarurati borligini ta’kidlagan tadbirkor ushbu masalada amaliy ko‘mak so‘radi. O‘z o‘rnida, tuman hokimi AT “Xalq banki” O‘zbekiston filiali mutasaddilariga tadbirkor murojaatini atroflicha o‘rganib chiqib, masalaga ijobiy yechim topishning barcha choralarini ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar topshirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi

O‘zbekiston tumanida 101,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarildi