Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
61
9
592025-06-20 17:31

Mahalla ahli sayyor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zbekiston tumanidagi “Shakarobod” mahallasida Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan hudud aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Mazkur tibbiy ko‘rikka tuman davolash-profilaktika muassasalarining malakali mutaxassislari jalb qilindi. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishtirokchilar endokrinolog, nevropatolog, okulist, kardiolog, gematolog, lor, jarroh va ginekolog kabi o‘nga yaqin yo‘nalishdagi mutaxassis-shifokorlar tomonidan hamda UZI tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Tekshiruvda turli xastaliklari borligi aniqlangan hamyurtlarimiz, xususan ayollar tegishli muolajalardan o‘tkazildi, davolanishlari uchun zarur tavsiya va maslahatlar, yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, jarayonda ayollar o‘rtasida ko‘p uchraydigan xavfli kasalliklar, xususan, onkologik xastaliklar kelib chiqishi sabablari, ularning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilish, fuqarolarning tibbiy bilim va savodxonligini yuksaltirish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz