So'x tumanida eng faol maktab bitiruvchilariga kumush va oltin medallar topshirildi








Bugun tuman madaniyat markazida umumiy o'rta ta'lim maktablarni oltin va kumush medallar bilan bitirgan talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari, maktab direktorlari va bitiruvchilarnig ota-onalari ishtirok etdilar. Barcha bitiruvchilarni tabriklab, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev oltin va kumush medallar bilan bitirgan talabalarning ota-onalariga loyiq va munosib farzand tarbiyalaganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bugun tumanimizning 33 ta umumiy o'rta ta'lim muassasalarini 1 263 nafar talabalar bitirishmoqda. Bu yili bitiruvchilarning 145 nafari maktabni medallar bilan tamomladi. Bugungi tadbirda 30 nafar iqtidorli talabalarga kumush va 115 nafar eng fa'ol talabalarga esa, oltin medallar taqdim etildi. Medallarni bitiruvchilarga tuman hokimi, viloyat vakillari va So'x tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rahbariyati taqdim etdilar. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mahalla ahli sayyor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Tuman hokimi tadbirkor murojaatini joyiga borib o‘rgandi


“Dolzarb 90 kun” loyihasi – amalda