Oltiariq tumanida og‘ir toifaga kiritilgan mahallalardagi holat o‘rganilmoqda





Joylarda aholi turmush sharoiti va muammolarini o‘rganish, joyida hal etish maqsadida Prezident Administrasiyasi ishchi guruhi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida Oltiariq tumanidagi og‘ir toifaga kiritilgan mahallalarda keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ishchi guruh a‘zolari har bir mahallada aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, mavjud muammolarni tinglash, echimini topish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab olmoqda. Xususan, ishsizlik, ichimlik suvi, yo‘l, sog‘liqni saqlash, ta‘lim va elektr ta‘minotiga oid masalalarga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Ushbu tashabbus fuqarolar hayotini yaxshilash, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, hamda mahallalardagi muammolarni joyida hal etish orqali mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Olib borilayotgan ishlar natijalari va kelgusida belgilangan vazifalar yuzasidan jamoatchilikka muntazam axborot berib boriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mahalla ahli sayyor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Tuman hokimi tadbirkor murojaatini joyiga borib o‘rgandi


“Dolzarb 90 kun” loyihasi – amalda