Farg‘ona shahar hokimi turk ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi





Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov Turkiyadan tashrif buyurgan ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Barışlar Medikal Boshqaruv Kengashi Raisi Ziya Barış hamda Yüksek İhtisas Üniversity Vasiylik kengashi raisining maslahatchisi dotsent Abdülbeşir Ceylan bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik imkoniyatlari, ayniqsa sog‘liqni saqlash sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga chiqqani, bu esa hududlararo aloqalarni yanada faollashtirayotganini alohida ta’kidladilar. Delegatsiya a’zolari Farg‘onada bir qator ijtimoiy va tibbiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mahalla ahli sayyor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Tuman hokimi tadbirkor murojaatini joyiga borib o‘rgandi


“Dolzarb 90 kun” loyihasi – amalda