Bitiruvchi qizlar va ularning onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi




Qo‘qon shahridagi 29- umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi mas’ul xodimi B.Mamayusupov hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i M. Nizamovalar tomonidan bitiruvchi qizlar va ularning onalari bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlari, ta’lim imtiyozlari, qizlarni oliy ta’limga jalb etish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini yana-da kengaytirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida erta nikoh, erta tug‘ruq holatlarining salbiy oqibatlari, mustahkam oilalar barpo etish omillari kabi masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Muloqot davomida bitiruvchi qizlar va ularning onalari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sayyor qabul muammolar yechimiga xizmat qilmoqda


“Wunderkind English Test – 2025” loyihasiga minglab yoshlar qamrab olindi

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 24-may — shanba kuni oʻtkaziladi