O‘zbekiston tumanida yuqori unumli kombaynlar g‘alla o‘rim-yig‘imiga hozirlandi







Qishloq xo‘jaligidagi dolzarb tadbirlardan biri g‘alla o‘rim mavsumi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. O‘zbekiston tumanida ana shu mas’uliyatli mavsumga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Tumanda joriy yil g‘alla hosili uchun 164 nafar fermer xo‘jaliklarida jami 5 ming 600 gektar maydonda boshoqli don ekinlari yetishtirildi. Bugun “Qudash” mahallasidagi paxta qabul qilish maskanida kombaynlarning mavsumga shayligi yuzasidan texnik ko‘rik va g‘alla o‘rim-yig‘imiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov boshchiligidagi tuman rahbariyati, nuroniylar, viloyat va tuman qishloq xo‘jaligiga oid boshqarma hamda tashkilotlar, viloyat ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari, g‘alla otryadlari rahbarlari, kombayn bosh operatorlari, yordamchi operatorlar va fermerlar ishtirok etdi. Seminar avvalida jonliq so‘yilib, Qur’on tilovati qilindi. Yoshi ulug‘ otaxonlar bobodehqonlar oldidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ishlarida kuch-quvvat tilab, yurtimizda mo‘l-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik bo‘lishiga duolar qildi. Ishtirokchilarga o‘rim-yig‘im mavsumida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, don qabul qilish shoxobchalari tomonidan joriy yilda tumanda yetishtirilgan jami 17 ming tonnadan ziyod boshoqli don ekinlarini qabul qilish reja qilingan. Ushbu ishlarni uyushqoqlik bilan, tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida shtab tashkil qilinib, 20 ta o‘rim otryadiga 20 ta kombayn biriktirildi. Bugungi kunda kombaynlar o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyor holatga keltirildi hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ehtiyot qismlar zaxiralari yaratildi. Seminar davomida mavsumni betalofat va uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun barcha mas’ullarga belgilangan vazifalarga jiddiy yondoshish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Mavsum oldidan otryad rahbarlari va kombayn operatorlari munosib rag‘batlantirilib, ularga pul mukofotlari va oziq-mahsulotlari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sayyor qabul muammolar yechimiga xizmat qilmoqda


“Wunderkind English Test – 2025” loyihasiga minglab yoshlar qamrab olindi

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 24-may — shanba kuni oʻtkaziladi