Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
35
4
322025-05-21 15:16

Sayyor qabul muammolar yechimiga xizmat qilmoqda

Xalq bilan muloqot qilish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga yechim topish maqsadida O‘zbekiston tuman hokimi Ravshanbek Begmatovning hududlardagi sayyor qabullari davom etmoqda. Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli bugun “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman prokurori Obidjon Sobirov, tuman DSI rahbari Ulug‘bek Fozilov, Xalq qabulxonasi mudiri Fazliddin Ochildiyev, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi. Bugungi sayyor qabulda ham mahalla ahli bilan birgalikda tumanning boshqa hududlaridan kelgan fuqarolar ishtirok etib, ular tomonidan bildirilgan 40 ga yaqin murojaatlarning aksariyati ishga joylashish, moddiy yordam, uy-joy olish, bank krediti,. tadbirkorlikni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalarga oid bo‘ldi. Murojaatlarning ma’lum qismiga shu kunning o‘zida ijobiy yechim topildi. Muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa tegishli mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz