“Zakovat”: Farg‘ona tumani jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi










Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va tafakkur doirasini kengaytirishga xizmat qilayotgan “Zakovat” intellektual turnirining Farg‘ona viloyat bosqichi ham muvaffaqiyatli yakunlandi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ishtirok etib, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish yo‘lidagi sa‘y-harakatlarni e‘tirof etdilar. Turnirda viloyatdagi umumiy o‘rta ta‘lim maktablari o‘quvchilaridan tuzilgan 57 ta jamoa bilim bellashuvlarida qatnashdi. Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar Respublika bosqichiga yo‘llanma olishga muvaffaq bo‘ldi: — Farg‘ona shahridagi 25-maktab jamoasi — O‘zbekiston tumanidagi 31-maktab jamoasi — Farg‘ona tumanidagi 19-maktab jamoasi Farg‘ona tumani hokimligi nomidan 19-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklab, Respublika bosqichida ham ulkan zafarlar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 24-may — shanba kuni oʻtkaziladi




Ochiq muloqot: “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik”