Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
27
4
102025-05-19 10:49

Fuqarolarga sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etishining huquqiy asoslari yaratildi

Keyingi yillarda mamlakatimizda sudlov faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sudlarga ariza, shikoyat berish, ishda masofadan ishtirok etish, sud hujjatlarini olish va ishlarning ko‘rilishi haqida ma’lumot olish kabi xizmatlar Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portali (my.sud.uz) orqali elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Shu bilan bilan birga, bugungi kunda qonunchilikda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etishining huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, Iqtisodiy prosessual kodeksining 166-moddasi, Fuqarolik prosessual kodeksining 209-moddasi va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli ekanliklari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanishi belgilandi. Bunda videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashadigan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek, sud majlisida taqdim etilgan dalillar ishni ko‘rayotgan sudga yuborilishini ta’minlaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi, apellyasiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlarining sud majlisida amalga oshirilishi mumkin. Endilikda qonunchilika kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan taraflar va (yoki) odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar Oliy sudning VKA.SUD.UZ sayti orqali ro‘xatdan o‘tib, real vaqt rejimida o‘zi turgan istalgan joyda o‘zining shaxsiy telefon, noutbuk yoki boshqa qurilmalar orqali sud majlislarida mobil videkonferensaloqa rejimi orqali ishtirok etishlari mumkin. Sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish imkoniyatining kengayishi fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish, ularning buzilgan huquq va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishi bilan bir qatorda, odamlarning vaqtini va mablag‘larini tejashga yordam beradi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi O.Xasanov va tergov sudyasi R.Aliyarov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz