O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyati

Bugungi kunda ma’muriy organlar yoki boshqa davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarda manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi omillarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar o‘tqazilayotganligi, bu munosabatlarning keskin kamaytirish yuzasidan bajarilayotgan say harakatlar sezilarli darajada ortib bormoqda. Bunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganligi, uning ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori va unda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni yaqol misol tariqasida ko‘rishimiz mumkin. Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish chog‘ida maxsus bo‘linmaga maslahat so‘rab murojaat etish, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlarni elektron yoki yozma shaklda taqdim etish huquqiga ega. Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, o‘z lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini vijdonan bajarishi va ularning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘z shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi, lavozim majburiyatlarini yoki xizmat vakolatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi,mavjud manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, o‘z ish yurituvidagi hujjatlar bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar o‘zining bevosita rahbarini (tashkilot rahbari - yuqori turuvchi rahbarni) yoki maxsus bo‘linmani xabardor qilishi; o‘zining bevosita bo‘ysunuvidagi xodimlarni yoki boshqa xodimlarni bevosita yoki bilvosita o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi harakatlarga (harakatsizlikka) majburlamasligi, o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilot nazorati ostidagi tashkilotdan yoki uning tarkibiy bo‘linmasidan ishga qabul qilish to‘g‘risida takliflar kelib tushganligi holati haqida bir ish kuni ichida xabar berishi, boshqa xodimlarga nisbatan o‘ziga ma’lum bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi hollari to‘g‘risida xabar berishi, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish maqsadida maxsus bo‘linmaning so‘roviga ko‘ra ma’lumotlar taqdim etishi shart. Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi barcha omillar albatta davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishiga hamda uning qonuniy, adolatli va shafof bo‘lgan tizimiga putur yetkazishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida barcha davlat organlari mansabdor shaxslari va xodimlari o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmagan holda ishlash prinsipini qo‘llashsa, davlat va jamiyat rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lishadi. Har bir davlat organi mansabdor shaxslari davlat va jamiyat oldidagi o‘z xizmat vazifasini vijdonan, ochiq va shaffof tarzda amalga oshirsa, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olgan va jamiyatning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan hisoblanadi. O.Xasanov Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi B.Yuldashev Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudining tergov sudyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!