Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi uchun javobgarlik belgilandi

Keyingi yillarda mamlakatimizda yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, velosiped yo‘lkalaridan va yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan boshqa transport vositalari harakatlanganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-1055-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu Qonun yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga, yo‘llarda jamoat transporti harakatlanishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilishiga xizmat qiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi O.Xasanov va tergov sudyasi R.Aliyarov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!