Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
26
4
172025-05-17 10:14

Ochiq muloqot: “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik”

O‘zbekiston tumanida keng aholi qatlami, ayniqsa yoshlar ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Tuman hokimligi va din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi tashabbusi bilan shu mavzuda tashkillangan navbatdagi ochiq muloqot tumandagi 46-umumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqotda dastlab, ona Vatanga muhabbat, mamlakatimizda inson manfaati uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli isloxotlar, yoshlarga yaratilayotgan imtiyozlar va bunyodkorlik ishlari, diniy bag‘rikenglik tushunchalari haqida so‘z yuritildi. Mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirishlar olib borildi. Yoshlar o‘rtasida internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish mumkinligi haqida ibratli misollarga to‘xtalindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz