Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
26
4
662025-05-15 18:59

O‘zbekiston tumanida xalqaro oila kuni keng nishonlandi

BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiyasi bilan 1993 yildan boshlab 15 may sanasi jahon miqyosida Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana arafasida O‘zbekiston tumanida ham “Farovon oila sari” shiori ostida oilalarni mustahkamlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bugun, tuman markazidagi madaniyat uyida tashkillangan bayram tadbiri ham yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tdi. Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, tuman prokurori Obidjon Sobirov, tuman IIB boshlig‘i Sodirjon Abdullayev, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, nuroniy onaxonlar va ko‘plab namunali oilalar vakillari ishtirok etishdi. Tadbirning kirish qismida so‘z olgan tuman rahbari Ravshanbek Begmatov qutlug‘ sana bilan barchani tabriklab, yurtimizdagi barcha oila mustahkam, tinch-totuv va farovon bo‘lishiga tilaklar bildirdi. Shu kuni “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan tumandagi 12 ta oilaga mukofotlar tantanali topshirildi. Barchaga o‘rnak va ibrat bo‘layotgan oilalarga minnatdorlik izhor qilindi. Tadbir davomida tuman madaniyat markazi san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat va bayram shukuhini hadya etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz