Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
33
4
3122025-04-09 15:56

MAHALLA YoShLARI IShTIROKIDA DXX KUBOGI UChUN FUTBOL VA MINI FUTBOL MUSOBAQALARIGA START BERILDI

Oltiariq tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilayotgan 16-30 yoshdagi mahalla yoshlarining O‘zbekiston Respublikasi DXX kubogi uchun musobaqalar boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari A.Islomov mahalla yoshlari o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarining ommalashayotgani haqida tuhtalib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi. Aprelь - may oylari davomida o‘tkaziladigan futbol, mini futbol hamda qizlar o‘rtasidagi futbol musobaqalarida tumandagi mavjud 72 ta mahalladan o‘smir va yoshlar ishtirok etadilar. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra g‘olib jamoa O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogini qo‘lga kiritadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz