Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
21
4
1222025-03-24 17:59

Og‘ir hudud toifasiga kirgan hududlardagi muammolar "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida ijobiy hal etilmoqda

O‘zbekiston tumanidagi sharoiti og‘ir hudud toifasiga kiritilgan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar joylarda davom etmoqda. Xususan ana shunday manzillarda biri, 500 dan ziyod xonadonda 4310 dan ziyod ko‘p millatli aholi yashaydigan “Bo‘ston” mahallasida aholi tomorqalarini sug‘orish uchun 1 ta artezian qudug‘i qazilib, 4000 metr beton ariq (lotok) o‘rnatilmoqda. Mahallada elektr ta’minotiga oid muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarga ham kirishilgan. Bu borada eski simyog‘ochlarni 120 dan ziyod yangi beton tayanchlariga alishtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shu kungacha 35 ta tayanchlar belgilangan manzillarga o‘rnatildi. Qayd etish joiz, mahallada shu kabi obodlik va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun 3,2 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz