Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
21
4
1902025-03-21 23:01

Navro‘z - mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi: O‘zbekiston tumanida o‘ndan ziyod imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga nogironlik aravachalari topshirildi

Eng qadimiy bayramlarimizdan biri sharqona yangi yil bo‘lgan Navro‘z- birdamlik va mehr oqibat ayomi hamdir. O‘zbekiston tumanning har bir go‘shasida, ta’lim muassasalari, korxona, tashkilot hamda barcha mahallalarda keng nishonlanayotgan yasharish va yangilanish ayyomida ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bayramda tuman hokimligi tashabbusi va “Madinah Travel 2022” MCHJ homiyligida yana bir xayrli amalga qo‘l urilib, o‘ndan ziyod imkoniyati cheklangan tumandoshlarimizga nogironlik aravachalari topshirildi. Tuman hokimi Ravshanbek Begmatov "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari va boshqa mutasaddilar hamrohligida nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olib, bayram sovg‘alari va nogironlik aravachalarini o‘z egalariga topshirdi. Yo‘qlovlar davomida hamyurtlarimizga ezgu tilaklar bildirilib, ko‘ngillari ko‘tarildi. Bunday e’tibor va samimiy mehrdan quvongan fuqarolar ham ezgu qadriyatlar bardavom bo‘lishligini tilab qo‘llarini duoga ochdilar. Bayram davomida shu kabi ezgu amal va xayrli yo‘qlovlar tumanning barcha hududlarda davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz