"O‘rik gullaganda" festivaliga marhamat!

Qadrli farg‘onaliklar hamda viloyatimiz mehmonlari! Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan 23 mart, yakshanba kuni O‘zbekiston tumanidagi O‘qchi qishlog‘ida “O‘rik gullaganda” II yoshlar ijodiyot festivali bo‘lib o‘tadi. Festival doirasida milliy o‘yinlar, folklor jamoalar chiqishlari, san’atkor va hunarmandlar asarlari namoyishi, yosh polvonlar o‘rtasidagi kurash musobaqalari, osh tanlovlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi kabi tadbirlar tashkil etiladi. Shuningdek, elimiz suygan taniqli san’atkorlar ishtirok etadi. Sizlarni ko‘ngillarga ko‘klam tarovatini olib kiruvchi yoshlik va tabiat bayrami, yaratish-yashnatish anjumani, ijodkorlik va milliylik sayli – “O‘rik gullaganda” festivaliga taklif etamiz! Festival soat 10.00 dan boshlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


O‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi


O‘z farzandidan ta’minot olish huquqi va tartibi


Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘