Dolzarb bir oylik safarbarligi e‘lon qilindi

Prezidentimizning «Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi farmoyishi e‘lon qilindi. Unga ko‘ra, 2025-yil 11-martdan boshlab “dolzarb bir oylik” safarbarligi e‘lon qilindi. Oylik doirasida: • mahallalarda 29 mingta kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish, zarur qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalar; • aholi xonadonlariga 1,23 million bosh parranda, 24 ming oila asalari va 21 ming bosh qo‘y-echki va qoramol yetkazib beriladi; • 400 ming gektar aholi tomorqalarida hamda 180 ming gektar ijara er maydonlarida sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va boshqa serdaromad ekinlar ekiladi. Vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari hudud, tuman va shaharlarga biriktiriladi. • Shuningdek, "Bir mahalla - bir mahsulot” hamda ijara yerlarida" Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilishi tashkil etiladi; • "Yashil makon" loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekiladi va kambag‘al oilalarga mevali daraxtlar ko‘chatlari yetkazib beriladi; • Mahallalarda mini-traktor va motokultivatorlardan foydalanib, aholi tomorqalariga ekish ishlari tashkil etiladi; • Suv ta‘minoti og‘ir bo‘lgan 874 ta mahallada sug‘orish tizimini yaratish Navro‘z umumxalq bayramiga qadar yakunlanadi; • Kambag‘al oilalarga moliyaviy ko‘mak paketlari (issiqxonalar, parranda, baliq, chorva mollari, asalarichilik uskunalari va ekish materiallari) yetkazib beriladi; • Aholi daromadlarini oshirish maqsadida mikroloyihalar amalga oshiriladi; Kambag‘al oilalar farzandlarini kasb-hunarga o‘qitish va davolanishlariga yordam beriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sharaf sizga, sizga ehtirom, aziz ayollar!

Ko‘chatchilik: kaftdek yerdan salmoqli daromad

Nuroniylar va mahalla faollari daraxt ekdilar

“Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i kubogi” g‘oliblari taqdirlandi