O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi



Bugun, 11 mart kuni Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Sherzodjon Yuldashev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Begmatov Ravshanbek Berdaliyevich nomzodi O‘zbekiston tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi va hozirga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Ravshanbek Begmatov O‘zbekiston tumani hokimi etib tasdiqlandi. Ravshanbek Begmatov 1984-yilda Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2007-yilda Farg‘ona viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi vazifasida boshlagan. 2011-2020 yillarda Farg‘ona viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i, Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona vodiysi kanallaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2024-yil 2-dekabrdan beri Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dolzarb bir oylik safarbarligi e‘lon qilindi


O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi


Farg‘onada chigit ekish ishlari boshlanishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Yozyovon tumani yirik turizm maskani va yashil hududga aylanmoqda