Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
45
2
3232025-03-10 12:15

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mutasaddilardan iborat guruh bilan viloyatimizga biriktirilgan, "Farg‘ona tajribasi" asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov viloyat hokimiga hamrohlik qildi. Farg‘ona viloyati mutasaddi tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘tgan yilda “yo‘l xaritasi”ga asosan mazkur tumanda ko‘plab ishlar qilindi. 15 gektar maydonda mevali bog‘, 15 gektar maydonda uzum bog‘ tashkil etildi. 3875 gektar yer maydoni olinib, 100 gektar yer maydoni qayta foydalanishga kiritildi. 10 km ariq va zovurlar tozalandi, 15 dona gidrotexnik inshootlari ta‘mirlandi, 2 dona nasos o‘rnatildi va 2 km elektr tarmog‘i tortildi. 1 ta mahalla binosi, 220 ta xonadonlarning tom qismlari joriy ta‘mirlandi. 21 ta mikroloyihalar ishga tushirildi. Ayni kunlarda qiymati 581 mlrd. so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan bo‘lib, 44 ta tadbirkorlik subyektlari tashkil etiladi. Buning natijasida mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Viloyat rahbari dastlab Qusxanatov OFYda mukammal ta‘mirlangan 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta‘lim tashkiloti, 5-umumta‘lim maktabida qurilgan sport zal bilan tanishdi. Tumanda ilg‘or tajribalar asosida uzum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilangan. Viloyat rahbari mazkur yo‘nalish bo‘yicha mas‘ullarga vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, na‘matak ekish rejalashtirilayotgan yer maydonlarini borib ko‘rdi. Bo‘zatov tumanida bugungi kunda ishlamay turgan tekstil korxonasida bo‘lib, viloyatimiz tadbirkorlari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirishga kelishildi. Tuman markazida qurilishi rejalashtirilgan Nuroniylar maskani, otalar choyxonasi, Bo‘zatov tarixi muzeyi, madaniyat markazi uchun ajratilgan joy bilan tanishildi. “Yashil makon” loyihasi asosida ko‘chat ekish jarayonida ishtirok etildi. Bo‘zatov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bilan tanishildi. Tomlarni shiferlash, 2 sotixli kottej hamda yangidan qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uy ko‘zdan kechirildi. Tuman markazidagi sobiq madaniyat binosida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalarni joylashtirish rejalashtirilmoqda. Viloyat rahbari bu bo‘yicha ishlarni boshlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, aholi tomorqasidan samarali foydalanish, bu borada Farg‘onadagi ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizdan kelgan tadbirkorlar bilan suhbatlashib, amalga oshirilayotgan har bir loyiha Bo‘zatovning iqtisodiy rivoji, ish o‘rni va aholining daromadini oshirish uchun xizmat qilishligini ta‘kidladi. Joriy yildagi vazifalar muhokama qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz