Sharaf sizga, sizga ehtirom, aziz ayollar!







O‘zbekiston tumanidagi madaniyat markazida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Abdulatif Imomnazarov boshchiligidagi mutasaddilar barcha munis va moʻtabar opa-singillarni bayram bilan samimiy qutladi. Ayol - oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki ekanligi yana bir bor faxr bilan ta’kidlandi. Turli sohalarda ibratli faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh faol xotin-qizlar viloyat va tuman hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirning badiiy qismida xushovoz san’atkorlar ijrosida yangragan kuy-qo‘shiq va konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Lobar opa-singillar, moʻtabar ayollarni ulug‘lovchi bayram shodiyonalari tuman bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ko‘chatchilik: kaftdek yerdan salmoqli daromad

Nuroniylar va mahalla faollari daraxt ekdilar

“Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i kubogi” g‘oliblari taqdirlandi