Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
44
2
482025-03-05 15:47

Ko‘chatchilik: kaftdek yerdan salmoqli daromad

O‘zbekiston tumanidagi “Oqmachit” mahallasida nafaqat dehqonchilik, quruq va xo‘l mevalarni qayta ishlash, saralash sohasi balki, tomorqa va ko‘chatchilik ham rivojlangan. Mahalladagi ko‘p oilalar o‘z tomorqasida issiqxona barpo etgan. Aholining mirishkor vakillari tomorqadan unumli foydalanish, xalqimiz dasturxonini issiqxonada pishib yetiladigan turli noz-ne’matlar bilan to‘ldirish, urug‘ va ko‘chat yetishtirish orqali ko‘p yillardan buyon katta daromad olib keladi. Ana shunday o‘z ishining ustasi, tajribali tomorqachilardan biri Baxtiyorjon Tursunov xonadonida qariyb 3 sotix maydonda issiqxona tashkil etgan. Bir necha yildan buyon turli navli pomidor, qalampir, bulg‘or qalampiri va bodring ko‘chatlarini yetishtirib, xaridorlarga yetkazib beradi. Joriy mavsumda ham issiqxonada 100 ming tup ko‘chatlar parvarishlanmoqda. Tomorqadan unumli foydalanish hisobiga bir mavsumda 40-50 million so‘m daromad olishga erishilyapti. Uning mahalladoshi Ikromjon Sattorov ham olti yildan buyon ayni ko‘chatchilik bilan astoydil mashg‘ul. Bir sotixli moʻjaz tomorqasida tayyorlangan ertangi pomidor ko‘chatlarini sotib ulgurdi. “Ko‘chat yetishtirish juda nozik ish. Urug‘dan chiqqan ko‘chatlar kichik idishlarga ekib chiqiladi. Ko‘chatlarga qarov, ishlov berishda har bir jarayon o‘z vaqtida bajarilishi, issiqxonaning harorati bir xil darajada ushlab turilishi kerak. Bu yumush bilan dekabr-aprel oylari davomida shug‘ullanamiz, keyin katta maydonga qovun-tarvuz ekib dehqonchilikni davom ettiramiz”, deydi mirishkor tomorqachi Ikromjon Sattorov. Ta’kidlashicha, ko‘chatchilikning o‘zidan bir mavsumda 25 million so‘mgacha topayotgan daromadi turmushiga baraka keltirmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz