Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
44
2
982025-02-28 23:10

“Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tumanida umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning sektorlar bosqichida g‘olib bo‘lgan 8 ta jamoa bahslashdi. Jamoalarning o‘z maktabi haqidagi ma’lumotlari, madaniyat va san’at bo‘yicha savollarga javoblari va sahna ko‘rinishlari soha mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Barcha shartlar bo‘yicha yuqori ball to‘plagan 2-umumta’lim maktabining jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 49-umumta’lim maktabi jamoasi ikkinchi, 72-umumta’lim maktabi jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz