Rishtonda xalqaro hamkorlik doirasida yangi loyihalar muhokama qilindi

So‘nggi yillarda Rishton tumanida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shu doirada Germaniyaning Sagart e.V kompaniyasi rahbari Pyotr Degtyar boshchiligidagi delegatsiya tumanimizga tashrif buyurdi. Mehmonlar “Nizomiddin Shahobiddin bog‘i” fermer xo‘jaligining hamkori sifatida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov bilan uchrashib, yangi investitsiya loyihalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdilar. Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash yo‘nalishida istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, Sagart e.V kompaniyasi tomonidan ushbu xo‘jalikda mevalarni saqlashga mo‘ljallangan zamonaviy muzlatgich qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda mahsulotlar sifatli tarzda saqlanmoqda. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



"O‘qchi" mahallasidagi ta’mirtalab qatnov yo‘lining sifati yaxshilandi

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” - yoshlar festivaliga marhamat!
