O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatovning 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Assalomu alaykum, aziz yoshlar! Barchangizni 30 iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Bugun jonajon O‘zbekistonimizda sizlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Albatta, bunga javoban Siz azizlar ham jonkuyarlik, vatanparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularni his qilgan holda turli ezgu tashabbuslarni ilgari surmoqdasiz. Ana shu shijoatkorlik va yangicha tashabbuskorlik kayfiyati sizlarni tark etmasin, hayotbaxsh maqsadlarni amalga oshirishda ulkan zafarlar doimo siz yor bo‘lsin! Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashdan charchamang! Barchangizga bayram muborak bo‘lsin, qadrli yoshlar! Ravshanbek Begmatov, O‘zbekiston tumani hokimi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” - yoshlar festivaliga marhamat!


Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi

O‘zbekiston tumanida bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi