Tuman hokimining Xalq qabulxonasida o‘tkazgan navbatdagi qabulida o‘ttizga yaqin fuqaroning murojaatlari o‘rganildi







Bugun O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov tumandagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 16 iyun kuni amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, hal etish maqsadida tashkillangan qabulda hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot va muassasalar vakillari ham ishtirok etdi. Unda fuqarolar tomonidan uy-joy olish, ishga joylashish, farzandining OTMdagi tahsili uchun to‘lov-shartnomasi uchun va boshqa ijtimoiy masalalarda moddiy yordam olish, davolanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kadastr va mahalla infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalarga oid taklif hamda murojaatlar bildirildi. Shu kuni qabulda qatnashgan 30 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bildirilgan turli yo‘nalishdagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Muammolarning aksariyatiga qabul chog‘ida ijobiy yechim topildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” - yoshlar festivaliga marhamat!


Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi

O‘zbekiston tumanida bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi