O‘zbekiston tumanilik "Zakovat"chi o‘quvchilar turnirning Respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega chiqishdi





Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Farg‘ona viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston tumanidagi 31-umumta’lim maktabining bilimdon o‘quvchilardan iborat jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, turnirning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ta’kidlash joiz, ayni maktab jamoasi turnirning o‘tgan yilgi viloyat bosqichida ham g‘olib chiqqan edi. Bugun zukko o‘quvchilarning mazkur salmoqli natijalari o‘zlari tahsil oladigan bilim maskanida munosib e’tirof etildi. Tuman hokimining o‘rinbosari Muslimbek Ahmedov, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Shoxruxbek Shokirovlar bilimdon o‘g‘il-qizlarni yutuqlari bilan samimiy qutlab, ularga kelgusi o‘qish va musobaqalarda ham ulkan zafarlar tiladi. Zakovatli yoshlarning ustozlari va ota-onalariga minnatdorlik bildirilib, jamoaga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Ehtiyojmand oilalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi



Sayyor qabul: murojaatlar yechimi izlandi