Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
7
3
242025-04-24 22:18

O‘zbekiston tumanida imkoniyati cheklangan yana bir hamyurtimizning uy-joyi qaytadan qurib berildi

O‘zbekiston tumanida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarning muammolarini o‘rganish va hal etish, xususan ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini mukammal ta’mirlash yoki qaytadan qurib berish borasidagi tizimli tadbirlar davom etmoqda. Viloyat hokimligining bevosita tashabbusiga asosan Milliy bank Farg‘ona viloyati filiali va mahalla faollari homiyligida “Turkiston” mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan Hayotjon Qodirovning ham ko‘p yildan yaroqsiz holatga kelgan uy-joyi qaytadan qurib bitkazildi. Bugun 54 yoshni qarshilagan yurtdoshimiz taqdirning ko‘p achchiq sinovlariga ro‘baro kelgan. Yoshligida og‘ir avtohalokatga uchragandan so‘ng sog‘ligi butkul tiklanmagan. Birin-ketin ukasi va onasidan judo bo‘lgan Hayotjon akaning turmushi ham bo‘lmagan. Oilasi bilan ajrashib, uyda yolg‘iz qolgan bo‘lsada, mahalla-ko‘yning e’tibori va mehribonliklari ko‘p qiyinchiliklarga yengilligu-taskin bo‘lgan. Ko‘rkam qiyofaga ega bo‘lib, munosib yashash sharoiti yaratilgan uy-joyning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan bugun tuman hokimi Ravshanbek Begmatov mazkur xonadonda bo‘ldi. Mahalla jamoatchiligi hamrohligida uy egasining ichki kechinmalari va quvonchi bilan qiziqdi. Xonadon sohibiga sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik tilanib, ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shgan barcha faollarga minnatdorchilik bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz