Ehtiyojmand oilalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi






O‘zbekiston tumani prokuraturasi tashabbusi bilan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 77-oilaviy poliklinikada hudud aholisi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. O‘tkazilgan ko‘rikda asosiy e’tibor ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining salomatligini baholab, kasalliklarni barvaqt aniqlashga qaratildi. Shu kuni 150 dan ziyod kishi tajribali tor doiradagi mutaxassislarning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigidan o‘tkazildi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda 7 nafar fuqaroga birlamchi nogironlik belgilanib, 2 nafar fuqaro sog‘lig‘i bo‘yicha maxsus order asosida davolanishga yo‘naltirildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar modulli son protezi, murakkab ortopedik poyabzal va hassalar bilan ta’minlandi. Ko‘rik uchun bevosita tibbiyot muassasasiga yetib kelish imkoniyat bo‘lmagan yurtdoshlarimizning xonadonlariga ham borilib, ularning holidan xabar olindi va tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!