Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
3
3
632025-04-20 13:14

Obod mahallalar va bayram og‘ushidagi aholi shodiyonasi

Avval xabar beganimizdek (https://t.me/quvasoy_hokimligi/29767), Polmon MFY deputati Xolmatjon Kadirov tashabbusi bilan Nosirobod qishlog‘idagi eski bo‘sh bino obod etilib, mahalla nuroniylari uchun guzar va yoshlar uchun futbol maydonchasi qurilishi boshlangan edi. Bugun, "Yodgor ota" mahalla guzari va yoshlar uchun qad rostlagan futbol maydonchasining tantanali ochilish tadbiri o‘tkazildi. Unda shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar kengashi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Nosirobod qishlog‘ida o‘zbek, tojik va qirg‘iz millatiga mansub xalq vakillari ahil va inoq bo‘lib yashaydilar. Xalqimiz azal-azaldan mehmondo‘st bo‘lib, millatlararo totuvlikni qadrlaydilar. Buning yaqqol misoli tariqasida, qardosh millat vakillari ushbu tadbirni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar. Bahor nafasi ufurib turgan bir paytda o‘tkazilgan ushbu bayram tadbiri el-yurtni birlashtiruvchi, mehr-oqibat va birdamlikni tarannum etuvchi haqiqiy tantanaga aylandi. Tadbir doirasida milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi. Doshqozonlarda osh damlanib, keng aholi uchun dasturxon yozildi. Keksa nuroniylarlarga ko‘rsatilgan e’tibor va e’tirof uchun, qolaversa, mahalla yoshlari uchun futbol maydonchasi qurib bitkazilishida homiylik qilgan hudud deputati X.Kadirovga keng jamoatchilik tomonidan minnatdorchilik bildirildi. Bunday sa'y-harakatlar, shubhasiz, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi va jamiyatda ishonchni oshiradi. Deputatlarning saxiyligi ham ularning xalq oldidagi mas'uliyatini yuqori darajada saqlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz