Prezident qarori mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi






O‘zbekiston tumanida oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Prezidentimizning 2025 yil 14 martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi va uning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Nuroniy onaxonlar, tadbirkor ayollar, xotin-qizlar faollari, daxldor muassasalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan seminarda ta’kidlanganidek, bugun mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Seminarda davlatimiz rahbarining qaroridan kelib chiqadigan vazifalar, xususan “Hamroh” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi va uning ijrosi, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi. Tadbir davomida ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida mehnat yarmarkasi ham o‘tkazildi. Mutaxassislar “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” mavzusida chiqishlar qilib, hunarmand va tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Maktab o‘quvchilari "Zakovat"da bahslashdi

Tuman prokuraturasining nazorat tadbirlari


Sud majlislarida masofdan turib qatnashishining huquqiy asoslari yaratildi.