Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
2
3
162025-04-21 17:08

O‘zbekiston tumanida an’anaviy “Kitobxonlik haftaligi” start oldi

Bugun Yaypan shahridagi madaniyat markazida “O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” shiori ostidagi an’anaviy V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi, davlat va jamoat muassasalari mutasaddilari, adabiyot ixlosmandlari, kitobxonlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Marosimni kirish so‘zi bilan ochgan tuman hokimining o‘rinbosari Muslimbek Ahmedov yurtimizda kitob mutolaasini keng joriy etish, aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish davlat siyosati darajasida targ‘ib qilinayotganini alohida e’tirof etdi. 27 aprelga qadar davom etadigan haftalik doirasida joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar, kitoblar taqdimotlari va turli xil aksiyalar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, adabiy muloqot va uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda boshqa ko‘plab qiziqarli loyihalar haftalikdan o‘rin olgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz