Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
3
3
542025-04-21 18:33

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiyada dastlab, O‘zbekiston tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala muhokama etildi. Shuningdek, sessiya ishida 2025-yil yanvar-mart oylarida “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g’risida; “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan har bir toifadagi xotin-qizlar bilan tizimli ish olib borish samaradorligi to‘g‘risida; Alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga biriktirish orqali qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari haqida; O‘zbekiston tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2025-yil I-chorak davomida amalga oshrilgan ishlari yuzasidan axboroti; 2025-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida; Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida; Tumandagi 61-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstrutsiya qilgan “Binokor Otabek” qurilish xususiy korxonasiga tuzilgan shartnoma mablag‘ining qolgan tegishli miqdordagi qismini pudratchi tashkilot hisob raqamiga moliyalashtirish haqida; Tuman obodonlashtirish boshqarmasiga sotib olinishi rejalashtirilgan maxsus texnika o‘rniga hozirda extiyoji zarur bo‘lgan boshqa maxsus texnikaga alishtirish to‘g‘risida; O‘zbekiston tumani Xalq qabulxonasining 2025-yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha tumandagi tashkilot va muassasalar mutasaddi rahbarlarining fuqarolar murojaatlar bilan ishlash natijadorligi holatiga oid axboroti; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida; 2025-yil uchun hududiy dasturlarni ishlab chiqish, sug‘oriladigon yerlarning melorativ holatini yahshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish dasturini shakllantirish bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash uchun tuzilgan ishchi guruh dastur loyihasini tasdiqlash to‘g‘risida; O‘zbekiston tuman sport maktabi bo‘yicha aniq maqsadlar kesimidagi uch yillik dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli mutasadilarning hisobot va axborotlari tinglanib, deputatlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz