O‘zbekiston tumanida yana bir ko‘p tarmoqli xususiy tibbiyot markazi ish boshladi







O‘zbekiston tumani “Nursux” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilgan “Doctor Well” zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi. Tuman hududiy investisiya dasturidan o‘rin olgan mazkur loyihaning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, soha mutaxassislari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Aholiga qulaylik yaratish hamda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida ishga tushirilgan ushbu loyihaning qiymati qariyb 13 mlrd so‘mni tashkil etadi. Tibbiyot markazi Yaponiya, Xitoy, Rossiya va Germaniya kabi ilg‘or davlatlarda ishlab chiqarilgan 30 turdagi eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlangan. Bu yerda kardiologiya, gepatologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, nevropatolog, terapevt, infeksionist kabi tibbiy xizmatlar hamda fizioterapiya, ozonoterapiya va monoterapiya muolajalari 4D o‘lchamdagi UZI, EKG, EXO-EG kabi zamonaviy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Yangi klinikada bir kunda 200 nafardan ziyod bemorni qabul qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati hamda 55 ta stasionar shifo o‘rni mavjud bo‘lib, shuningdek, konsultativ poliklinika, funksional diagnostika va laboratoriya faoliyat ko‘rsatadi. Loyihani amalga oshirish natijasida 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Madaniyat karvoni Yaypanda: konsert-tomosha tadbiriga marhamat!

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!



Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
