Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
117
15
3802025-07-04 19:17

Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga diplom topshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2093208198325965.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2093208198330745.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2093208198331940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2093208198334330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2093208198336720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2093208198337915.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2093208198339110.jpg

O‘zbekiston tumanidagi 1 va 2-sonli politexnikumlarida 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilariga diplomlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ustoz-murabbiylar, yoshlar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Mutasaddilar bitiruvchilarni hayotidagi yana bir muhim bosqichni yakunlagani bilan tabriklab, ularning ta’limning keyingi bosqichi va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Diplomlar o‘z egalariga, yoshlarning ota-onalariga esa tashakkurnomalar tantanali topshirildi. Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida 1-sonli politexnikumini jami 400 nafar o‘quvchi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha tamomladi. Ularning 24 nafari milliy va xorijiy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2-sonli politexnikumida esa 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olib, kasb-hunar egallagan 387 nafar yigit-qiz muassasa diplomini qo‘lga kiritdi. Ulardan 74 nafari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz