Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
57
8
1612025-06-03 16:08

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshloqda bolalar uchun ezgu tashabbus!

Toshloq tibbiyot birlashmasida “Toza qo‘llar” deb nomlangan ma’rifiy aksiya tashkil etildi. Ushbu tadbir bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyenaga e’tiborni kuchaytirish hamda ularning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarishga qaratildi. Tadbir doirasida bolalar o‘rtasida asfaltda rasm chizish bo‘yicha ijodiy tanlov, qo‘l yuvish texnikasini amalda to‘g‘ri bajarish mashg‘ulotlari hamda sog‘lom ovqatlanish mavzusida qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi. Yo‘llar bezakka aylandi, bolalar esa rangorang ijodlari orqali o‘z fantaziyalarini namoyon etdilar. Bolalar bu tadbirda katta qiziqish va faollik bilan qatnashishdi. Eng yaxshi ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, har bir bola esa yangi bilim, yaxshi kayfiyat va iliq taassurotlarga ega bo‘ldi. Bunday tashabbuslar orqali biz kelajagimiz bo‘lmish bolalarimizni sog‘lom, ongli va gigiyenaga ehtiyotkor shaxslar etib tarbiyalashga qadam qo‘yayotganimiz — quvonarli hol!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz