Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
57
8
3582025-06-09 23:00

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat.

Korrupsiya ( lotincha “corrumpere” "korrupsiyaga", lotincha “corruptio”- “poraho‘rlik, yovuzlik, zarar, buzilish") odatda mansabdorlik mavqeini shaxsiy maqsadlarda suiste’mol qilishni anglatuvchi atama. Korrupsiya mansabdor shaxsning o‘z vakolatlari va unga ishonib topshirilgan huquqlardan foydalanishi, shuningdek, qonun bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy imkoniyatlar va mansabdor shaxslarning vakolatlari bilan bog‘liqlik va axloqiy tamoyillar. XX-asrning ikkinchi yarmida korrupsiya tobora xalqaro muammoga aylana boshladi. So‘nggi yillar mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillariga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratildi. Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash va agentlik tashkil etildi. Prezidentimiz 2025 yil 5 mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ham yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilandi. Davlatimiz rahbari nutqida jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummiliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi ekanini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari aniq maqsadga yo‘naltirilgan 55 ta tashabbusni ilgari surdi. Ular doirasida 5 ta qonun, 12 farmon va qarorlar ishlab chiqiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament, milliy va hududiy kengashlar, fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshiriladi. Davlatimiz rahbari sudlar faoliyatiga har qanday aralashish odil sudlovga soya solish, deb baholanishi, bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘lishi to‘g‘risida barcha rahbarlarni qat’iy ogohlantirganliklari sudyalarning qat’iyatini rag‘batlantirish barobarida zimmasiga ulkan mas’uliyat yukladi. Chunki, fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlarining yechimini topmagan masalalari bo‘yicha sudga murojaat etar ekan, nizo sudya tomonidan har qanday tashqi ta’sirlardan mustaqil tarzda, yuqori professionallik bilan, beg‘araz, qonuniy va adolatli hal etilsagina, ularning odil sudlov hamda mamlakatda qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Bu tamoyil biz sudyalardan, avvalo, yuqori bilim, qasamyodga sodiqlik, halollik, fidoyilik va har qanday korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz bo‘lishni talab etadi. Korrupsiyadan holi qonun ustuvorligi ta’minlangan huquqiy demokratik davlat barpo etishda har birimiz o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir sof vijdonli insonning, demokratik jamiyat va davlatning muqaddas burchidir. U.Xo‘jaqulov Farg‘ona viloyat sudi sudyasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz