Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
57
8
3342025-06-09 23:09

Meros masalalari qadimda qanday tartibga solingan?

Azal-azaldan barcha xalqlarda vafot etgan kishining mol-mulkini vorislik asosida meros qoldirishning o‘ziga xos tartib-qoidalari mavjud bo‘lib kelgan. Bu munosabatlar ayniqsa islom dinida judayam mukammal tartibga solingan bo‘lib, unda meros qoldiruvchi hayotlik davrida o‘zining vafotidan keyin unga tegishli bo‘lgan mol-mulkni hayot bo‘lgan shaxslar tomonidan egallash, qabul qilish, foydalanish yoxud tasarruf qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan aniq yechimlar berilgan. Islomda belgilangan shartlar mavjud bo‘lsagina meros haqiqiy deb hisoblangan. Bu shartlarga ko‘ra birinchidan, meros qoldiruvchi o‘limining sodir bo‘lgan bo‘lishi; ikkinchidan, meros qoldiruvchining vafotidan so‘ng merosxo‘rning hayot bo‘lishi va uchinchidan, meros oluvchining meros qoldiruvchiga nisbatan kim ekanligi, ya’ni nasabi aniq bo‘lishi talab etilgan. Shariat qoidalariga ko‘ra marhum qarindoshlari uzoq-yaqinligi inobatga olingan holda, ya’ni tegishli navbat bilan ular meros olishga chaqirilganlar va meros yo kabul qilingan yoki undan voz kechilgan. Bugungi kunda meros munosabatlarini mukammal tartibga solish nima uchun kerak ? O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, mulkchilikni barcha shakllari teng huquqligi Bosh qomusimizda e’tirof etildi va tarixan qisqa vaqt mobaynida bozor munosabatlarining rivojlanishi va tadbirkorlikka keng yo‘l ochilishi natijasida fuqarolarimiz xususiy mulk egalariga aylandilar va bu xususiy mulklarni avloddan-avlodga o‘tishi bilan bog‘liq munosabatlarni takomillashib borishi barobarida ularni tartibga solish yanada dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Merosga oid nizolarni ko‘rishda sudlar asosan qaysi hujjatlarga tayanadi? Xususiy mulkning avloddan-avlodga o‘tishini huquqiy jihatdan tartibga solish 1997 yil 1-martdan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Shu bilan bir qatorda vorislik huquqiga oid qonun normalarining sudlar tomonidan amalda to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida 2011 yil 20 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori qabul qilingan. Azizjon Turdaliyev Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining sudyasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz