Onalarga ehtirom – muqaddas qadriyat







Farg‘onada har yili may oyida o‘tkazilishi ezgu an’anaga aylangan “Onalarga ehtirom” festivali joriy yilda ham O‘zbekiston tumanida ko‘tarinkilik bilan tashkillanib, moʻtabar zotlarga izzat-ikrom ko‘rsatilmoqda. Tumanning “Qayquobod” va “Dahaqanaqir” mahallalarida yashovchi onaxonlar ishtirokida o‘tkazilgan bugungi bayram tadbirida ham muqaddas qadriyatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi. Tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi, mahalla faollari va yoshlar vakillari ishtirok etgan tadbirda qutlug‘ maqom sohibalariga samimiy tilaklar bildirilib, iliq mehr ulashildi. Madaniyat bo‘limi jamoalari va ijodkor yoshlarning badiiy chiqishlari va kuy-qo‘shiqlari ishtirokchilarga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Elektron onlayn-auksion”da qatnashish tartibi

O‘zbekiston tumanida qayta ishlangan mevalar Xitoyga eksport qilinmoqda

O‘zbekiston tumanida chilgi hosil - pilla terimi boshlandi


O‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi