O‘zbekiston tumanida chilgi hosil - pilla terimi boshlandi





O‘zbekiston tumani pillakorlari dehqonchilikning handalagi hisoblangan pillani yig‘ishtirib olishni boshlashdi. Tumanda bahorgi mavsumda 3 ming 652 quti ipak qurti parvarishlanib, 219 tonna hosil yetishtirish ko‘zlangan. Buning uchun 1500 dan ortiq ipak boquvchi oilalar bilan ichki shartnomalar tuzilgan. “Kumush tola” yetishtirish bo‘yicha belgilangan ishlar reja asosida olib borildi. Pillakorlar tomonidan ipak qurti parvarishi bo‘yicha barcha agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazildi. “Bekobod” mahallasida yashovchi Nasibaxon Ergasheva 45 yildan buyon ipak qurti parvarishlaydi. Mohir pillakor joriy yilda ham sevimli yumushini nabira kelini bilan davom ettirdi. Bugun u boqilgan bir quti ipak qurtidan 100 kilogrammdan ziyod sifatli hosil olishni niyat qilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Onalarga ehtirom – muqaddas qadriyat

“Elektron onlayn-auksion”da qatnashish tartibi

O‘zbekiston tumanida qayta ishlangan mevalar Xitoyga eksport qilinmoqda


O‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi