“Elektron onlayn-auksion”da qatnashish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra, har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bugungi kunda auksion orqali oldi-sotdi jarayoni tobora ommalashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18-son qaroriga 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformada elektron onlayn -auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizom “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «E-auksion» elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini belgilaydi. “E-auksion” elektron savdo platformasi — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimidir. Elektron onlayn-auksion - savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion ob’ektini sotish (ijaraga berish) bo‘yicha narxni oshirib yoki tushirib borish tamoyilida onlayn o‘tkaziladigan savdo shaklidir. Buyurtmachi va talabgor savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tadi. Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, zakalatni qaytarish uchun bank hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank plastik kartasi ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami); O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun - yashash guvohnomasi ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank plastik karta ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami); O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari uchun - pasport (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank plastik karta ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, yashash (ro‘yxatdan o‘tgan) manzili); O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar, yuridik shaxs hisoblanmaydigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun - soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar (pochta manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami); O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar uchun - ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari, rahbarining pasport ma’lumotlari, bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar (pochta manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, ro‘yxatdan o‘tgan manzili). Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlar to‘ldirilgandan so‘ng shaxsni identifikatsiyalash elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda - ERI) asosida amalga oshiriladi. Talabgor va buyurtmachi identifikatsiyalash jarayonida auksion yoki tanlovni o‘tkazish tartibi bilan tanishgani, savdo platformasining o‘ziga xos jihatlari va tartib-taomillarini qabul qilganligi yuzasidan operator bilan elektron savdolarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha elektron shartnoma (oferta)ni ERI orqali imzolaydi hamda ushbu shartnomalar operator tomonidan ro‘yxatga olib boriladi. Savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tmagan (identifikatsiya qilinmagan) shaxs auksion yoki tanlov o‘tkazish uchun buyurtma bera olmaydi va ishtirok eta olmaydi. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, «E-auksion» elektron savdo platformasidan akkreditatsiyadan o‘tgan professional tashkilotlar va professional ishtirokchilar tomonidan shartnoma asosida ko‘rsatiladigan konsalting hamda maslahat xizmatlaridan foydalangan holda o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulkni «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksion (tanlov) savdolariga chiqarishi yoki savdoda turgan mol-mulkni sotib olishi mumkin. Auksion kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi. Auksionga chiqarilgan ob’ektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi. Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab auksion yakunlangunga qadar ishtirokchi ob’ektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan va savdo boshlangunga qadar boshqa ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan o‘z narx taklifini kiritish mumkin. Agar auksion jarayonida ob’ekt narxi qadamga bog‘lanmagan narx taklif etgan ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narxdan oshsa, unga platforma orqali xabar yuboriladi va auksion ishtirokchilariga navbatdagi narxni belgilangan tartibda oshirish uchun o‘n daqiqa vaqt beriladi. Auksionda ishtirokchi tomonidan auksion qadamiga bog‘lanmagan holda berilgan narx auksion kuni inobatga olinadi va bu ishtirokchining auksion ob’ektini shu qiymatda sotib olish istagini tasdiqlaydi. Agar auksion boshlanganda ikki va undan ortiq ishtirokchilarning auksion qadamiga bog‘lanmagan holda taklif etgan narxlari qiymati teng bo‘lsa, barcha ishtirokchilarga navbatdagi narxni taklif etishlari uchun vaqt taqdim etiladi va bunda: ishtirokchilardan birontasi ob’ektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha taklif etgan narxini belgilangan bosqichga oshirish yo‘li bilan sotib olish istagini taqdim etiladigan navbatdagi o‘n daqiqa davomida tasdiqlamasa, ob’ekt uchun birinchi bo‘lib narx taklif etgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi; agar ishtirokchilardan biri ob’ektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li bilan sotib olishni (ijaraga olishni) tasdiqlasa yoki auksion qadamiga bog‘lanmagan narx taklif etsa, boshqa ishtirokchilarga keyingi narxni tasdiqlash uchun navbatdagi 10 daqiqa vaqt beriladi; joriy narx oshirilganidan keyin bironta ishtirokchi joriy narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li bilan sotib olishni (ijaraga olishni) tasdiqlamasa, sotib olishni (ijaraga olishni) oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi g‘olib deb e’tirof etiladi. Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlanishidan o‘ttiz daqiqa oldin savdo platformasida avtomatik rejimda auksion boshlanishi to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi. U.Xo‘jaqulov Farg‘ona viloyat sudi sudyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Onalarga ehtirom – muqaddas qadriyat

O‘zbekiston tumanida qayta ishlangan mevalar Xitoyga eksport qilinmoqda

O‘zbekiston tumanida chilgi hosil - pilla terimi boshlandi


O‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi