Qo‘shtepa tumanida pilla terimiga kirishildi







Tumanda mavsumda 2423 quti qurt urug‘i parvarishlanib, 145 tonnadan ziyod “kumush tola” yetishtirish rejalashtirilgan. Bugun pillakorlarimiz ilk hosilni terishni boshladilar. “Qorakaltak” mahallasida yashovchi “Agropilla” MCHJ agranomi, 20 yillik tajribaga ega Ibodatxon Sultonovaning oilasi har yilgiday 4 quti qurt urug‘i olishgandi. Mehr va e’tibor natijasini ko‘rsatdi: qisqa muddatda ozuqaga yetarlicha to‘ygan jonivorlar ipakka burkandi. Tuman hokimi A.Abdullayev ilg‘or pillakorlarga sovg‘alar topshirib, mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Tumanning boshqa hududlarida ham ilg‘or pillakorlar xonadonida terim boshlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


O‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi


O‘z farzandidan ta’minot olish huquqi va tartibi


Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘