«Milliy libos – ma‘naviyat ko‘zgusi» mavzusida madaniy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi








Farg‘ona tumani 44-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida milliy qadriyatlarimizni yosh avlod ongiga singdirish, urf-odat va an‘analarimizga hurmat ruhini kuchaytirish maqsadida «Milliy libos – ma‘naviyat ko‘zgusi» mavzusida madaniy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida milliy liboslar, ularning tarixiy ildizlari, hududiy o‘ziga xosliklari, bezak va naqsh san‘ati, hamda liboslar orqali ifodalanadigan madaniy merosimiz haqida tushunchalar berildi. Milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ularda o‘quvchilar milliy liboslar haqida chiqishlar qildilar, turli hududlarga xos kiyimlar bilan sahnali ko‘rinishlar namoyish etdilar. Mazkur tadbir o‘quvchilarni milliy o‘zlikni anglashga, tarixiy merosga hurmat bilan qarashga undash barobarida, yoshlar ma‘naviy dunyosini boyitishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

ODAM SAVDOSI — ZAMONAVIY QULLIKKA QARSHI KURASHISH VAQTI KELDI

Meros masalalari qadimda qanday tartibga solingan?

Sud tizimida korrupsiyaviy xavf-hatarlarni oldini olish masalalari


Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirildi

Dolzarb 90 kunlik: “Shukronalik – oliy fazilat”