Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
154
18
5902025-04-24 18:30

Farg‘ona tumanida tabiiy gaz tarmoqlaridagi kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745501427106.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745501427119.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745501427393.jpg

Farg‘ona tumanida aholini xavfsiz va uzluksiz tabiiy gaz bilan ta‘minlash borasida zarur choralar ko‘rilmoqda. Tuman prokuraturasi hamda “Farg‘onatumangaz” bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri aynan shu yo‘nalishda olib borilgan ishlarning amaliy ifodasidir. Nazorat tadbiri doirasida “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi, 1 900 nafar aholini tabiiy gaz bilan ta‘minlovchi er osti gaz quvurlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida quvurlarni tahlil qilish orqali ularning amaldagi texnik holati aniqlashtirildi. Tekshiruv jarayonida diametri 159 mm bo‘lgan asosiy gaz tarmoqlarida 2 ta turli xil diametrli yoriq aniqlandi. Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, bu kamchiliklar aholining xavfsizligiga hamda gaz ta‘minotining barqarorligiga tahdid solishi mumkin. Shu bois aniqlangan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish ishlari boshlab yuborildi. Hozirda mutasaddi tashkilotlar tomonidan nosoz joylarda ta‘mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda quvurlarning texnik holatini yaxshilash, xavfsizlikni ta‘minlash va gaz uzatishda uzluksizlikni saqlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shuningdek, bunday hamkorlikdagi nazorat tadbirlari tabiiy gaz infratuzilmasini muntazam tahlil qilish, mavjud muammolarni erta bosqichda aniqlash va samarali bartaraf etish orqali aholining farovon hayoti va xavfsizligini ta‘minlashga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz