“Bozor Yaypan” mahallasi “og‘ir” hududdan obod go‘shaga aylanadi



O‘zbekiston tumanidagi og‘ir hudud toifasiga kiritilgan yana bir mahalla-3 ming 200 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladigan “Bozor Yaypan” mahallasi infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar ham ijobiy hal etilmoqda. Obodlik tadbirlari "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Xususan, ayni kunlarda mahallada aholi tomorqalarini sug‘orishga xizmat qiladigan 2000 metr beton ariqlar o‘rnatilmoqda. Hududdagi mavjud suv qudug‘iga tarmoq ulaninishi natijasida 200 ga yaqin xonadonning ayni boradagi ko‘p yillik muammosi bartaraf etiladi. Mahallada yaqin muddatlarda boshlanadigan elektr ta’minoti va yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar ham ayni hayotbaxsh dastur doirasiga kiritilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz






“Guldasta” raqs ansamblining xalqaro tanlovdagi yutuqlari – faxrimiz!