«Iqtidor» maktab ansambli tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi




Bugun Farg‘ona shahridagi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi drama teatrida “Iqtidor maktab ansambli“ tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi tashkil etilib, tuman (shahar) bosqichlarida go‘liblikni qo‘lga kiritgan 19 ta jamoa o‘zaro bellashdilar. Mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tomonidan ilk bor o‘tkazilib, tanlovda 6-10-sinf o‘quvchilaridan iborat maktab jamoalari ishtirok etdi. Ushbu tanlovning viloyat bosqichida 1-o‘rin — Farg‘ona tumanidagi 10-maktabning “Shodiyona“ jamoasi; 2-o‘rin — Qo‘qon shahridagi 7-maktabning “Istiqlol“ jamoasi; 3-o‘rin — Marg‘ilon shahar 8-maktabning “Yangi O‘zbekiston“ jamoasi egalladi. Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar va tanlov g‘oliblariga Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov va tadbir tashkilotchilari diplom va esdalik sovg‘alari tantanali tartibda topshirishdi. Farg‘ona tumani hokimligi maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar va ularning ustozlariga minnatdorchilik bildiradi hamda ijodiy faoliyatlarida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishlarini tilaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Prezident qarori mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi

Maktab o‘quvchilari "Zakovat"da bahslashdi

Tuman prokuraturasining nazorat tadbirlari


Sud majlislarida masofdan turib qatnashishining huquqiy asoslari yaratildi.