Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
73
3
1552025-04-16 19:37

Farg‘ona tumanida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida navbatdagi tadbir o‘tkazildi

Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tumandagi mahallalarda, byudjet tashkilotlarida, ta‘lim muassasalarida hamda boshqa jamoat joylarida muntazam ravishda “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun Farg‘ona tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida adliya bo‘limi xodimlari ishtirokida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarish va yangiliklar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1037-son Qonuni, Prezidentning PF-80-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining VMQ-204-son Qarorining mazmun-mohiyati, ularni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida ma‘lumotlar berildi. Ishtirokchilarga ushbu huquqiy hujjatlar asosida tayyorlangan flaerlar tarqatildi va ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, PQ-1-sonli qaror ijrosi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, shuningdek “Firibgarlik jinoyati” va “Korrupsiya” holatlarining oldini olish, ularga qarshi kurashishning samarali yo‘llari yuzasidan tushuntirish va profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz