O‘zbekiston tumanilik yigitlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi







O‘zbekiston tumani mudofaa ishlari bo‘limida bu yilgi chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga olingan bir guruh yigitlarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, nuroniylar, bo‘lajak askarlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Marosimda so‘z olgan tuman hokimi mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining salohiyatini oshirish, harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratib, bugun xizmatga otlanayotgan bo‘lajak askarlarga Vatan himoyasi yo‘lidagi sharafli xizmatlarida omad tiladi. Nuroniylar tomonidan duolar qilinib, harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan yoshlar el-yurt ishonchini oqlaydi, deya ishonch bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman prokuraturasining nazorat tadbirlari


Sud majlislarida masofdan turib qatnashishining huquqiy asoslari yaratildi.
