Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
68
10
952025-07-14 12:08

Navbatdagi transformator “Davlatbotir” mahallasiga o‘rnatildi

O‘zbekiston tumanidagi “Davlatbotir” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining ham hududda elektr ta’minotini yaxshilash borasida amaliy yordam so‘rab tuman hokimligiga bildirgan murojaati ijobiy hal etildi. Murojaat asosida mahallaga 160 kVa quvvatli yangi transformator keltirilib, tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan belgilangan joyga o‘rnatildi. Qayd etilishicha, yangi transformatorning to‘liq ishga tushirilishi natijasida hududdagi mavjud №100-sonli 400 kVa quvvatga ega transformator yuklamasi yengillaydi va 60 ga yaqin xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi. Aholi murojaatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan manzilli tadbirlar hududlar bo‘ylab davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz